Yangiliklar
Ostona shahrida bo'lib o'tgan CESS xalqaro konferensiyasidagi ishtirok
2026-yil 16–19-iyun kunlari Markaz direktorining o'rinbosari, iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), professor Z. Ashurov Markaziy Yevroosiyo Tadqiqotlari Jamiyati (Central Eurasian Studies Society – CESS) taklifiga binoan Qozog'iston Respublikasining Ostona shahridagi Nazarbayev Universityda bo'lib o'tgan CESS 2026 xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida professor Z. Ashurov "Corporate Governance and Sustainable Development in Central Asia" ("Markaziy Osiyoda korporativ boshqaruv va barqaror rivojlanish") mavzusidagi panel sessiyasiga raislik qildi hamda "Corporate Governance Reforms in the Transformation of State-Owned Enterprises in Uzbekistan: Outcomes, Challenges, and Development Trends" ("O'zbekistonda davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish jarayonida korporativ boshqaruvni isloh qilish: natijalar, muammolar va rivojlanish tendensiyalari") mavzusida ma'ruza bilan qatnashdi. Shuningdek, u konferensiya doirasida o'tkazilgan boshqa ilmiy va amaliy tadbirlarda ham ishtirok etdi.
Markaz xodimlarining mazkur xalqaro konferensiyadagi ishtiroki mintaqa olimlari o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek mamlakatlarimiz milliy iqtisodiyotlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy aloqalarni kengaytirish yo'lidagi muhim qadam hisoblanadi.
Oʻzbekiston vakili CIETAC Arbitraj hayʼati tarkibiga kiritildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Privatizatsiya va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Igor Leonidovich Butikov Xitoy xalqaro iqtisodiy va savdo arbitraj komissiyasi (CIETAC) Arbitraj hayʼati tarkibiga kiritildi.
Markaz xodimlari TDIU Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi tarkibiga kirdilar
Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi xodimlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) "Korporativ boshqaruv" yoʻnalishi boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish uchun Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi tarkibiga kirdilar. 2026-yil iyun oyida ular bakalavriat talabalarining bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyasida ishtirok etishdi.
"Davlat ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyoz va preferensiyalardan foydalanish samaradorligini baholash metodikasi" ishlab chiqildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-dekabrdagi 784-son qarorini amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining buyrug‘ida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi tomonidan «Davlat ko‘chmas mulki obyektlari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalardan foydalanish samaradorligini baholash metodikasi» ishlab chiqildi.
Aksiyadorlar soni ko‘p bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida kvorum muammosini hal etish mexanizmi ishlab chiqildi
Tadqiqotlar markazi tomonidan “O‘zbekistonda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kvorumini aniqlash mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi tahliliy ma’ruza tayyorlandi. Mazkur hujjatda aksiyadorlari soni ko‘p bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida kvorum mavjud bo‘lmasligi bilan bog‘liq muammolarni hal etish hamda korporativ boshqaruv sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan seminar haqida
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetida “Iqtisodiy landshaft: bilim, tajriba va mahorat” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarlar turkumi davom etmoqda.
Ilmiy, uslubiy va ekspert-tahliliy faoliyat natijalarini joriy etish haqida
Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazining “2030-yilgacha O‘zbekistonda davlat aktivlarini boshqarishning konseptual yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi doklad Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Hukumat qarori loyihasini tayyorlash jarayonida foydalanildi.
Ilmiy, uslubiy va ekspert-tahliliy faoliyat natijalarini joriy etish haqida
2026-yil 26-may kuni Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish Markazi xodimlarining ilmiy, uslubiy hamda ekspert-tahliliy faoliyati natijalarining amaliyotga joriy etilgani toʻgʻrisidagi navbatdagi maʼlumotnoma olindi.
Mazkur maʼlumotnomada Tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatining keng doiradagi yoʻnalishlarini qamrab olgani hamda quyidagi sohalarga oid qonunlar va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining normalarini shakllantirishda foydalanilgani tasdiqlangan:
* xoʻjalik jamiyatlarini davlat tomonidan tartibga solish; * xoʻjalik jamiyatlarini xususiylashtirishda tarmoq yondashuvi; * davlat ulushlarini boshqarish samaradorligini baholash; * korporativ boshqaruvni takomillashtirish; * shuʼba korxonalar faoliyatini tartibga solish.
Tadqiqot markazi ishlanmalari amaliyotga joriy etilishi davlat aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirishga hamda xususiylashtirilayotgan obyektlarning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashga xizmat qiladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida o‘tkazilgan davra suhbati haqida”
2026-yil 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida mas’ul vazirlik va idoralar ishtirokida to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llarini muhokama qilishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
2026 йил январь-май ойлари давомида Ўзбекистон Республикаси Давлат активларини бошқариш агентлиги ҳузуридаги Хусусийлаштириш ва давлат активларини бошқариш муаммоларини тадқиқ этиш маркази ходимлари илмий, услубий ва эксперт-таҳлилий фаолият натижаларининг амалиётга жорий этилганлигини тасдиқловчи 7 та маълумотнома олдилар.
Joriy etilgan natijalar to‘lovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish, sud boshqaruvi, rieltorlik faoliyati va baholash faoliyati sohalarida normativ hamda metodik hujjatlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar va ishlanmalar amaliyotga joriy etilganligi tasdiqlandi:
O‘zbekiston Respublikasida to‘lovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuniga sharhlar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasining to‘lovga qobiliyatsizlik indeksini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
sud boshqaruvchilarining kasbiy etika Qoidalari loyihasini ishlab chiqish;
“Ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish” Milliy rieltorlik xizmatlari standartini ishlab chiqish;
transport vositalari qiymatini baholash Milliy standartini ishlab chiqish;
madaniy boyliklar qiymatini baholash Milliy standartini ishlab chiqish.
Olingan ma’lumotnomalar Markaz tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini, shuningdek, ularning davlat aktivlarini boshqarish, baholash, rieltorlik faoliyati va to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari sohalarida normativ, metodik va tashkiliy yechimlarni tayyorlashdagi dolzarbligi hamda talabga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Mazkur natijalar Markaz tomonidan islohotlarni ilmiy-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda tadqiqot natijalarini ixtisoslashgan tashkilotlar va davlat organlarining amaliy faoliyatiga joriy etish borasida izchil ishlar olib borilayotganidan dalolat beradi.








