Государственный герб республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish

muammolarini tadqiq etish markazi

Фотография здания Госкомконкуренции

Toshkent shahar,

Amir Temur ko'chasi, 6

(+998 71) 259-21-06

research@davaktiv.uz


  • Markaz haqida
  • Maqsad va vazifalari
  • Tashkiliy tuzilma
  • Markaz xodimlari
  • Ilmiy kengash
  • Hisobotlar
  • Ilmiy mahsulotlar
  • Nashr etilgan ishlar
  • Mualliflik guvohnomalari
  • Amaliyotga joriy etish
  • AJlar uchun axborot
  • Foydali havolalar
  • E’lonlar
  • Vakansiyalar
  • Qayta aloqa
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Tenderlar
  • Maqsad va vazifalari

    Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 219-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobatni rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolarini tadqiq etish markazi negizida tashkil etilgan bo‘lib, mustaqil ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

    Markazning yuqori turuvchi tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hisoblanadi.

    Markaz faoliyatining asosiy maqsadi — mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishning hozirgi bosqichidagi dolzarb vazifalarni hal etishda, xususiylashtirish jarayonlarini rivojlantirish, davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish, xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va bankrotlik tizimini takomillashtirish, baholash va rieltorlik faoliyatini rivojlantirish, qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk bozorlarining faoliyat yuritishi bo‘yicha mustahkam ilmiy-metodologik va metodik bazani yaratishda iqtisodiy fan rolini kuchaytirishdan iborat.

    Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

    xo‘jalik jamiyatlarida zamonaviy xalqaro standartlar va usullarni, shuningdek korporativ boshqaruvni baholash tizimini joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;

    xususiylashtirishning ilmiy-metodologik asoslarini, shu jumladan ko‘chmas mulk obyektlari va davlat ulushlarini sotish, shuningdek korxonalarni xususiylashtirishdan oldingi tayyorgarlikdan o‘tkazish masalalarini rivojlantirish hamda xususiylashtirish jarayonlarining amalga oshirilishini monitoring qilish;

    davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan aksiyalar va obligatsiyalar chiqarish hisobidan investitsiyalarni jalb etish muammolarini tadqiq etish;

    davlat aktivlarini, shu jumladan xorijda joylashgan aktivlarni samarali boshqarish hamda davlat mulki obyektlarini ijaraga berish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

    davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va bankrotlik tartib-taomillarini amalga oshirishning metodologik asoslari hamda mexanizmlarini takomillashtirish;

    baholash va rieltorlik faoliyatini tartibga solishning ilmiy-metodologik asoslarini rivojlantirish;

    Markaz faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, tahliliy va metodik hujjatlarni tayyorlash, ilmiy ishlarni chop etish, “davra suhbatlari” va seminarlar o‘tkazish.

    Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan davlat ilmiy faoliyat dasturlari topshiriqlarini bajarish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa tashkilotlar bilan ilmiy ishlarni bajarish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, metodik va boshqa hujjatlarni shartnoma asosida tayyorlash bo‘yicha tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda rejalashtiradi.

    Markaz mahsulotlari ilmiy hisobotlar (ma’ruzalar), konsepsiyalar loyihalari, normativ-huquqiy hujjatlar, metodik va boshqa hujjatlar loyihalari, tahliliy yozuvlar va axborot materiallari, shuningdek Markaz faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy nashrlar (monografiyalar, ilmiy risolalar, ilmiy maqolalar va tezislar, preprintlar va boshqalar) hamda o‘quv va o‘quv-metodik materiallardan iborat.

    Markazning intellektual mulk obyektlari barcha tadqiqot materiallari — ilmiy hisobotlar, konsepsiyalar, metodik tavsiyalar, tahliliy ma’lumotnomalar va boshqalar, nashrlar, shuningdek Markaz buyurtmasi asosida boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilgan tadqiqot ishlari natijalari hisoblanadi. Intellektual mulkning xususiyatidan kelib chiqib, unga bo‘lgan huquqlar Markazga, mualliflar jamoasiga yoki Markazning ilmiy xodimiga tegishli bo‘lishi mumkin.

    So'nggi yangilash