Ilmiy ishlar natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ma’lumotnomalar
Joriy etish bo‘yicha ma’lumotnomalar ilmiy ishlanmalarning amaliy ahamiyatini namoyon etadi — Markaz tadqiqotlari faqat nazariya darajasida qolib ketmay, balki turli sohalarda real amaliy qo‘llanilmoqda. Joriy etish dalolatnomalari ilmiy mehnat aniq natijalar berayotganini, muayyan amaliy vazifalarni hal etayotganini va mamlakat rivojiga hissa qo‘shayotganini tasdiqlaydi. Shuningdek, ular davlat organlari, biznes subyektlari va hamkorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markaziga bo‘lgan ishonchni oshiradi.










































