Ilmiy kengash

Ilmiy kengash Markaz direktori huzuridagi maslahat organi hisoblanadi.
Ilmiy kengash tarkibiga Markaz direktori, Markaz direktorining o‘rinbosari, Markazning ilmiy kotibi, Markaz bo‘limlari boshliqlari, respublikaning yo‘nalishi bo‘yicha eng yaqin ilmiy muassasalarining yetakchi olimlari va vakillari, shuningdek Markaz kasaba uyushmasi tashkiloti raisi kiradi. Ilmiy kengashning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy kengash raisi Markaz direktori hisoblanadi, u yo‘qligida esa — direktor o‘rinbosari. Ilmiy kengash Markaz direktori tomonidan belgilangan muddatlarda yig‘iladi.
Markaz Ilmiy kengashi:
- fanni rivojlantirishning dolzarb muammolarini muhokama qiladi, ilmiy ma’ruzalar, tahliliy yozuvlar va axborotlarni tinglaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tanlov asosida shakllantiriladigan davlat ilmiy faoliyat dasturlari doirasida Markaz tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari (dasturlari), shuningdek turli tashkilotlar bilan shartnoma asosida bajariladigan ilmiy ishlar rejalari ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi;
- ilmiy loyihalar rahbarlarining bajarilgan ishlarning borishi va natijalari haqidagi hisobotlarini tinglaydi, tadqiqot natijalari va sifati, ularning amaliy qo‘llanish imkoniyatini baholaydi;
- hisobot yili yakunlari bo‘yicha ilmiy loyihalar bajarilishi natijalarini baholash asosida har bir ko‘rib chiqilgan ilmiy loyiha doirasida tadqiqotlarni davom ettirish yoki to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
- Markaz xodimlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining dissertatsiyalari, monografiya qo‘lyozmalari, maqolalari va boshqa ilmiy ishlari mazmunini muhokama qiladi hamda ular bo‘yicha xulosalar beradi;
- qonunchilikda belgilangan mezonlar asosida, Markazning har bir xodimining ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga qo‘shgan aniq hissasini hisobga olgan holda, ilmiy darajalar uchun xodimlarga ustama miqdori va uni to‘lash muddatini belgilash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
- Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha tanlovlarga kiritish uchun loyiha mavzularini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
- Markaz ilmiy xodimlarini katta ilmiy xodim va professor ilmiy unvonlariga taqdim etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
- ilmiy kadrlarni tayyorlash, xalqaro ilmiy hamkorlik, yig‘ilishlar va konferensiyalar o‘tkazish rejalarini, shuningdek boshqa rejalarni tasdiqlaydi, rejalashtirilgan ishlarning moddiy-texnik va moliyaviy ta’minoti masalalarini ko‘rib chiqadi;
- Markaz xodimlarining nomzodlarini faxriy unvonlarga tavsiya etish va hukumat mukofotlari bilan taqdirlash uchun ilgari suradi;
- Markazning joriy faoliyatiga oid, kollegial qaror qabul qilishni talab qiladigan hamda Ilmiy kengash a’zolari yoki Markaz direktori tomonidan muhokamaga kiritilgan, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.
Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi
Ilmiy kengashi
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 15-martdagi 56-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan)
1. Butikov Igor Leonidovich – Tadqiqotlar markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor (Ilmiy kengash raisi);
2. Ashurov Zufar Abdullayevich — direktorning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor;
3. Tashmatov Rustam Xusanovich — iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
4. Valijanov Akmaljon Rahimovich — iqtisodiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim;
5. Kayumov Ravshan Ismailovich — iqtisodiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim;
6. Nuraliev Rustam Turgunovich — iqtisodiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim;
7. Kravchenko Aleksandr Nikolaevich — iqtisodiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim;
8. Mirzarahmanov Farruh Saparalievich — Ilmiy kengash kotibi.