Mualliflik guvohnomalari
Mualliflik guvohnomalarini olish ilmiy ishlanmalarning originalligini tasdiqlaydi, intellektual mulkni himoya qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazining huquqiy pozitsiyasini mustahkamlaydi. Shuningdek, bu hamkorlar tomonidan ishonchni oshiradi, xodimlarni ilmiy faollikka rag‘batlantiradi hamda tadqiqot natijalarini litsenziyalash, hamkorlik yoki amaliyotga joriy etish orqali tijoratlashtirish imkoniyatlarini yaratadi.




















































