Государственный герб республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish

muammolarini tadqiq etish markazi

Фотография здания Госкомконкуренции

Toshkent shahar,

Amir Temur ko'chasi, 6

(+998 71) 259-21-06

research@davaktiv.uz


  • Markaz haqida
  • Maqsad va vazifalari
  • Tashkiliy tuzilma
  • Markaz xodimlari
  • Ilmiy kengash
  • Hisobotlar
  • Ilmiy mahsulotlar
  • Nashr etilgan ishlar
  • Mualliflik guvohnomalari
  • Amaliyotga joriy etish
  • AJlar uchun axborot
  • Foydali havolalar
  • E’lonlar
  • Vakansiyalar
  • Qayta aloqa
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Tenderlar
  • Yangiliklar

    Davlat ko‘chmas mulki obyektlariga nisbatan beriladigan imtiyoz va preferensiyalar samaradorligini baholash metodikasi tasdiqlandi

    20.07.2026
    Davlat ko‘chmas mulki obyektlariga nisbatan beriladigan imtiyoz va preferensiyalar samaradorligini baholash metodikasi tasdiqlandi

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining buyrug‘i bilan Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi tomonidan ishlab chiqilgan "Davlat ko‘chmas mulki obyektlariga nisbatan tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyoz va preferensiyalardan foydalanish samaradorligini baholash metodikasi" tasdiqlandi.

    Mazkur Metodika O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-dekabrdagi 784-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Hujjat Markaz mutaxassislari (https://research-center.uz/news/?id=11) tomonidan davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot hamda ekspert-tahliliy faoliyat doirasida tayyorlandi.

    Metodika taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalarning iqtisodiy, byudjet va ijtimoiy samaradorligini baholashning yagona mexanizmini, shuningdek ularning pul ekvivalentini moliyaviy va soliq hisobotlari, davlat axborot tizimlari hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyati natijalari asosida aniqlashning yagona yondashuvlarini belgilaydi.

    Metodikaning tasdiqlanishi uni amaliyotda qo‘llash uchun normativ asos yaratadi, davlat mulkidan foydalanishning shaffofligini oshirishga hamda davlat aktivlarini boshqarish sohasida qarorlar qabul qilish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.