Yangiliklar
Markaz xodimlari O‘zbekiston Respublikasining yangi “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunini muhokama qilishda ishtirok etdi
2026-yil 21-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zLiDeP partiyasi va O‘zbekiston Rieltorlar palatasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining yangi “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-1163-son Qonuni bo‘yicha ochiq muhokama bo‘lib o‘tdi.
Markaz tomonidan Buxoro viloyatining iqtisodiy zaxiralarini davlat aktivlaridan samarali foydalanish asosida ishga solish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqildi
Buxoro viloyati bo‘yicha ishchi guruh rahbari — O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosarining 2026-yil 11-avgustdagi 02-1565-son xatiga muvofiq, Markaz direktorining o‘rinbosari Z.A. Ashurov 2026-yil 19–22-avgust kunlari Buxoro viloyati iqtisodiyotini rivojlantirishning mavjud zaxiralari, resurslari va imkoniyatlarini o‘rganish, tizimli muammolarni aniqlash hamda aniq innovatsion g‘oyalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha respublika ishchi guruhi faoliyatida ishtirok etdi.
Tadqiqotlar markazida Mulkchilik va bozor munosabatlarini rivojlantirishni tahlil qilish hamda modellashtirish ilmiy laboratoriyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va boshqarish muammolarini tadqiq etish markazining Ilmiy faoliyat rejasiga muvofiq, 2026-yil 30-iyul kuni Mulkchilik va bozor munosabatlarini rivojlantirishni tahlil qilish hamda modellashtirish ilmiy laboratoriyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti bitiruvchilariga diplomlar topshirish marosimi
20-iyul kuni G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filialida bakalavriat va magistratura ta'lim dasturlari bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kun kasbiy va shaxsiy kamolotining eng muhim bosqichlaridan birini muvaffaqiyatli yakunlagan yoshlar hayotida muhim voqea bo‘ldi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda universitet bitiruvchilariga diplomlar topshirildi. Ular yaqin kelajakda mamlakat iqtisodiyoti, moliya, boshqaruv va biznesning turli sohalarida faoliyat yurituvchi malakali mutaxassislar safini to‘ldiradilar.
Davlat ko‘chmas mulki obyektlariga nisbatan beriladigan imtiyoz va preferensiyalar samaradorligini baholash metodikasi tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining buyrug‘i bilan Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi tomonidan ishlab chiqilgan "Davlat ko‘chmas mulki obyektlariga nisbatan tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyoz va preferensiyalardan foydalanish samaradorligini baholash metodikasi" tasdiqlandi.
MARKAZNING 2026 YIL BIRINCHI YARIM YILLIGIDAGI ILMIY VA EKSPERT-TAHLILIY FAOLIYATI YAKUNLARI E’LON QILINDI
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi tomonidan e’lon qilingan 2026 yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan faoliyatning asosiy natijalari to‘g‘risidagi hisobot Markaz jamoasining ilmiy, ekspert-tahliliy va ta’lim faoliyati yakunlarini aks ettiradi.
O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi hamda Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi hamkorligi amaliy natijalar bermoqda
Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi faoliyatining ilk kunlaridanoq respublikadagi professional jamoat birlashmalari, xususan, O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
MARKAZ XODIMI «MEHNAT FAXRIYSI» KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
2026-yil 1-iyul kuni Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi bo‘lim mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Nuraliyev Rustam Turg‘unovichga «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni «Nuroniy» jamg‘armasi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
HAVO TRANSPORTI SOHASIDAGI DAVLAT AKTIVLARINI XUSUSIYLASHTIRISHNING YANGI YONDASHUVLARI MUHOKAMA QILINDI
2026-yil 30-iyun kuni Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazida Mulkchilik va bozor munosabatlarini rivojlantirishni tahlil qilish hamda modellashtirish ilmiy laboratoriyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadqiqot markazi bo‘lim mudiri Ravshan Kayumov sudyalar uchun to‘lovga qobiliyatsizlik masalalari bo‘yicha ma’ruza qildi
2026-yil 30-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Oliy sudyalar maktabi tomonidan tashkil etilgan toʻlovga qobiliyatsizlik masalalariga bagʻishlangan malaka oshirish seminarida Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi boʻlim boshligʻi, iqtisodiyot fanlari doktori, Ravshan Ismoilovich Qayumov «Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni sudda koʻrishda toʻlovga qobiliyatsizlik boshqaruvchisining ishtiroki» mavzusida maʼruza qildi.









