Государственный герб республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish

muammolarini tadqiq etish markazi

Фотография здания Госкомконкуренции

Toshkent shahar,

Amir Temur ko'chasi, 6

(+998 71) 259-21-06

research@davaktiv.uz


  • Markaz haqida
  • Maqsad va vazifalari
  • Tashkiliy tuzilma
  • Markaz xodimlari
  • Ilmiy kengash
  • Hisobotlar
  • Ilmiy mahsulotlar
  • Nashr etilgan ishlar
  • Mualliflik guvohnomalari
  • Amaliyotga joriy etish
  • AJlar uchun axborot
  • Foydali havolalar
  • E’lonlar
  • Vakansiyalar
  • Qayta aloqa
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Tenderlar
  • Yangiliklar

    Markaz xodimlari o‘quv seminarida ishtirok etdilar

    30.09.2026
    Markaz xodimlari o‘quv seminarida ishtirok etdilar
    Markaz xodimlari o‘quv seminarida ishtirok etdilar
    Markaz xodimlari o‘quv seminarida ishtirok etdilar
    Markaz xodimlari o‘quv seminarida ishtirok etdilar
    Markaz xodimlari o‘quv seminarida ishtirok etdilar
    Markaz xodimlari o‘quv seminarida ishtirok etdilar
    1 / 6
    Markaz xodimlari o‘quv seminarida ishtirok etdilarMarkaz xodimlari o‘quv seminarida ishtirok etdilarMarkaz xodimlari o‘quv seminarida ishtirok etdilarMarkaz xodimlari o‘quv seminarida ishtirok etdilarMarkaz xodimlari o‘quv seminarida ishtirok etdilarMarkaz xodimlari o‘quv seminarida ishtirok etdilar

    Seminar davomida davlat mustaqilligining tarixiy ahamiyati, uning davlatchilikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda Yangi O‘zbekistonning kelgusidagi rivojlanishi uchun mustahkam asoslarni shakllantirishdagi roliga alohida e’tibor qaratildi.

    Ma’ruzachilar Prezident ta’kidlaganidek, O‘zbekiston mustaqilligining ildizlari mamlakatimizning uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analari va qadimiy sivilizatsiyasi tarixiga borib taqalishini qayd etdilar. Shu munosabat bilan o‘zbek xalqining buyuk ajdodlari jahon ilm-fani, madaniyati va ma’naviy tafakkuri rivojiga ulkan hissa qo‘shganlari alohida ta’kidlandi. Birinchi va Ikkinchi Renessanslar davrida buyuk olim va mutafakkirlar — Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy — o‘zlarining ilmiy va madaniy yutuqlari bilan insoniyat tafakkuri xazinasini boyitdilar.

    Shuningdek, Amir Temurning davlat bunyodkorligi faoliyati hamda jadidlar harakati namoyandalarining ma’rifatparvarlik g‘oyalariga — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

    Ta’lim, ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari ham alohida ko‘rib chiqildi. Aynan bilim, kasbiy ko‘nikmalar va yosh avlodning intellektual salohiyati mamlakatning kelgusidagi rivojlanishining eng muhim kapitaliga aylanishi lozimligi ta’kidlandi. Istiqbolli yo‘nalishlar qatorida ilm-fan va innovatsiyalarni, axborot texnologiyalarini, sun’iy intellektni hamda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish qayd etildi.

    Seminar davomida mustaqillikning ahamiyati masalasiga ham alohida o‘rin berildi. Prezident nutqida ta’kidlanganidek, mustaqillikning ahamiyati, avvalo, inson qadr-qimmatini yuksaltirish va erkin hamda farovon hayot kechirish uchun imkoniyatlar yaratishda namoyon bo‘ladi. Mustaqil rivojlanishning 35 yili davomida mamlakatimiz katta o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tdi. Kelgusidagi taraqqiyot esa xalq birligi, bunyodkorlik mehnati, ta’lim, ilmiy yutuqlar hamda har bir fuqaroning Vatan kelajagi uchun mas’uliyati bilan bog‘liq.

    Seminarda mazmunli ma’ruzalar bilan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Rahimov Eshmurod Normurodovich hamda tarix fanlari doktori, dotsent Ochilov Farhod Eshonovich ishtirok etdilar.

    Ma’ruzachilar o‘z chiqishlarida O‘zbekiston tarixining asosiy bosqichlari, mamlakatimiz ilm-fani va madaniyatining atoqli namoyandalari, ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, tarixiy va madaniy merosning zamonaviy avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.

    Markaz xodimlarining o‘quv seminarida ishtirok etishi mustaqil O‘zbekistonning tarixiy yo‘li haqidagi bilimlarni kengaytirish, Prezident nutqining asosiy qoidalari bilan tanishish hamda ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va boy tarixiy-madaniy merosni asrash asosida mamlakatni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish imkonini berdi.