Yangiliklar
Markaz xodimlari davlat ko‘chmas mulkini boshqarish masalalariga bag‘ishlangan onlayn seminarda ishtirok etdilar
2026-yil 27-avgust kuni Xususiylashtirish va davlat mulkini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi xodimlari davlat ko‘chmas mulkini boshqarish masalalariga bag‘ishlangan onlayn seminarda ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida Germaniyaning davlat ko‘chmas mulkini markazlashtirilgan boshqarish sohasidagi tajribasi, jumladan, raqamli reyestrlarni yuritish, obyektlardan samarali foydalanish hamda foydalanilmayotgan davlat mulkini iqtisodiy muomalaga jalb etishning zamonaviy yondashuvlari taqdim etildi.
Ishtirokchilar davlat aktivlarini boshqarishni takomillashtirish sohasida tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Seminar davomida olingan materiallar va Germaniya tajribasidan Markaz tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda O‘zbekiston Respublikasida davlat mulkini boshqarish yondashuvlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalanish mumkin.

