Государственный герб республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish

muammolarini tadqiq etish markazi

Фотография здания Госкомконкуренции

Toshkent shahar,

Amir Temur ko'chasi, 6

(+998 71) 259-21-06

research@davaktiv.uz

  • Markaz haqida
  • Maqsad va vazifalari
  • Tashkiliy tuzilma
  • Markaz xodimlari
  • Ilmiy kengash
  • Hisobotlar
  • Ilmiy mahsulotlar
  • Nashr etilgan ishlar
  • Mualliflik guvohnomalari
  • Amaliyotga joriy etish
  • AJlar uchun axborot
  • Foydali havolalar
  • E’lonlar
  • Vakansiyalar
  • Qayta aloqa
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Tenderlar
  • Yangiliklar

    Tadqiqot markazida sanatsiya va davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

    28.08.2026

    1 / 7
    Tadqiqot markazida sanatsiya va davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdiTadqiqot markazida sanatsiya va davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdiTadqiqot markazida sanatsiya va davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdiTadqiqot markazida sanatsiya va davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdiTadqiqot markazida sanatsiya va davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdiTadqiqot markazida sanatsiya va davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdiTadqiqot markazida sanatsiya va davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

    Seminar davomida 2026-yil II choragida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning ikki dolzarb yo‘nalish bo‘yicha natijalari taqdim etildi.

    «Boshqaruvchilar tomonidan sanatsiya tartib-taomilini o‘tkazish rejasi va uni rasmiylashtirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar» mavzusida Iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish metodologiyasi va bankrotlik tartib-taomillarini takomillashtirish bo‘limi katta ilmiy xodimi Adilov Sherzod Shamilovich ma’ruza qildi.

    «O‘zbekistonning temir yo‘l transporti sohasidagi davlat aktivlarini xususiylashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish» mavzusida Xususiylashtirish jarayonlarining ilmiy-metodologik asoslarini rivojlantirish va monitoring qilish bo‘limi katta ilmiy xodimi Abdusalomov Abdusamat Bahodirovich ma’ruza qildi.

    Taqdim etilgan ma’ruzalarni muhokama qilishda Markazning ilmiy xodimlari: korporativ boshqaruv muammolarini tadqiq etish va aksiyalar hamda obligatsiyalar chiqarish orqali investitsiyalarni jalb etish bo‘limi mudiri Tashmatov Rustam Xusanovich, xususiylashtirish jarayonlarining metodologik asoslarini rivojlantirish va monitoring qilish bo‘limi mudiri Valijonov Akmal Rahimovich, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish metodologiyasi va bankrotlik tartib-taomillarini takomillashtirish bo‘limi mudiri Qayumov Ravshan Ismailovich, korporativ boshqaruv muammolarini tadqiq etish va aksiyalar hamda obligatsiyalar chiqarish orqali investitsiyalarni jalb etish bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi Butabayev Mehriddin Shahobidinovich, Markaz direktorining ilmiy faoliyat va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Ashurov Zufar Abdulloyevich hamda Markaz direktori Butikov Igor Leonidovich ishtirok etdilar.

    Seminar ishtirokchilari taqdim etilgan tadqiqot natijalari yuzasidan fikr almashdilar, sanatsiya tartib-taomillarini takomillashtirish hamda temir yo‘l transporti sohasidagi davlat aktivlarini xususiylashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

    Bunday ilmiy seminarlarni o‘tkazish davlat aktivlarini boshqarish va mulkiy munosabatlarni rivojlantirish sohasida professional fikr almashish hamda amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.