Yangiliklar
Markaz xodimlari O‘zbek tili kuniga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdilar
2026-yil 19-oktabr kuni Markaz xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan 21-oktabr — O‘zbek tili kuniga bag‘ishlangan madaniy-adabiy tadbirda ishtirok etdilar.
Markazda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
2026-yil 16-oktabr kuni Markazning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq hamda Mulk va bozor munosabatlari rivojlanishini tahlil qilish va modellashtirish ilmiy laboratoriyasi faoliyati doirasida Tadqiqotlar markazida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadqiqotlar markazi SDSN xalqaro barqaror rivojlanish tarmog‘iga a’zo bo‘ldi
Tadqiqotlar markazi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi shafeligida faoliyat yurituvchi Xalqaro barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘iga (Sustainable Development Solutions Network - SDSN) a’zo bo‘ldi. Markaz a’zoligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar SDSN veb-saytida O‘zbekiston milliy tarmog‘i - SDSN Uzbekistan bo‘limida rasman e’lon qilingan.
Markazining kichik ilmiy xodimi qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining I toifali malaka sertifikatini oldi
2026-yil 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazining kichik ilmiy xodimi Mirzarahmonov Farrux Saparali o‘g‘li malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan beriladigan qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining I toifali malaka sertifikatini oldi.
Markaz xodimlari o‘quv seminarida ishtirok etdilar
2026-yil 30-sentabr kuni Markaz xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyati va ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv seminarida ishtirok etdilar.
Markazda navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
2026-yil 29-sentabr kuni Markazda Mulkchilik va bozor munosabatlarini rivojlantirishni tahlil qilish va modellashtirish ilmiy laboratoriyasi doirasida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Markaz xodimlari O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining maqsad va vazifalari, mazmuni hamda asosiy qoidalariga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etdilar
2026-yil 18-sentabr kuni Markaz xodimlari O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining maqsad va vazifalari, mazmuni hamda asosiy qoidalariga bag‘ishlangan o‘quv seminarida ishtirok etdilar. Seminar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining katta majlislar zalida tashkil etilib, o‘tkazildi.
Markaz xodimlari davlat ko‘chmas mulkini boshqarish masalalariga bag‘ishlangan onlayn seminarda ishtirok etdilar
2026-yil 27-avgust kuni Xususiylashtirish va davlat mulkini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi xodimlari davlat ko‘chmas mulkini boshqarish masalalariga bag‘ishlangan onlayn seminarda ishtirok etdilar.
Tadqiqot markazida sanatsiya va davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
2026-yil 27-avgust kuni Xususiylashtirish va davlat mulkini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazida Markazning 2026-yil uchun ish rejasiga muvofiq hamda Mulk va bozor munosabatlarini rivojlantirishni tahlil qilish va modellashtirish ilmiy laboratoriyasi faoliyati doirasida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
MARKAZ XODIMLARI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI” ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi Farmoniga muvofiq, Markazning bir qator xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbariyati tomonidan tantanali ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Taqdirlanganlar qatorida Markazning ilmiy faoliyat va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Ashurov Zufar Abdulloyevich, Baholash va rieltorlik faoliyatini tartibga solishning ilmiy-metodologik asoslarini rivojlantirish bo‘limi mudiri Kravchenko Aleksandr Nikolaevich, kadrlar bo‘yicha mutaxassis Yo‘ldasheva Muqaddas Mirsaliyevna, moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha mutaxassis Begaliyev Eshpulat Urokboyevich bor.
“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni yurtdoshlarimizga quyidagi xizmatlari uchun topshiriladi:
• fidokorona mehnati va yuksak kasbiy mahorati uchun;
• davlat suvereniteti va iqtisodiy qudratini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun;
• jahon miqyosida respublikaning xalqaro nufuzi va imijini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi uchun;
• mamlakat ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki hamda yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun.
Markaz jamoasi hamkasblarimizni ushbu esdalik nishoni bilan taqdirlanganlari bilan muborakbod etadi hamda ularga mustahkam sog‘liq, farovonlik va ilmiy hamda kasbiy faoliyatlarida kelgusida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.









