Государственный герб республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish

muammolarini tadqiq etish markazi

Фотография здания Госкомконкуренции

Toshkent shahar,

Amir Temur ko'chasi, 6

(+998 71) 259-21-06

research@davaktiv.uz


  • Markaz haqida
  • Maqsad va vazifalari
  • Tashkiliy tuzilma
  • Markaz xodimlari
  • Ilmiy kengash
  • Hisobotlar
  • Ilmiy mahsulotlar
  • Nashr etilgan ishlar
  • Mualliflik guvohnomalari
  • Amaliyotga joriy etish
  • AJlar uchun axborot
  • Foydali havolalar
  • E’lonlar
  • Vakansiyalar
  • Qayta aloqa
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Tenderlar
  • Yangiliklar

    Markazining kichik ilmiy xodimi qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining I toifali malaka sertifikatini oldi

    13.10.2026
    Markazining kichik ilmiy xodimi qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining I toifali malaka sertifikatini oldi

    2026-yil 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazining kichik ilmiy xodimi Mirzarahmonov Farrux Saparali o‘g‘li malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan beriladigan qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining I toifali malaka sertifikatini oldi.

    I toifali malaka sertifikati qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislari uchun belgilangan eng yuqori malaka toifasi hisoblanadi. U belgilangan kasbiy talablarga muvofiqlikni, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, fond birjalari va depozitariy tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zarur bo‘lgan malakaga ega ekanligini tasdiqlaydi.

    Mazkur sertifikatning olinishi xodimning kasbiy malakasi oshganidan dalolat beradi hamda Markazning kapital bozorini rivojlantirish va tartibga solish, korporativ boshqaruv hamda qimmatli qog‘ozlar bozori sohalaridagi ilmiy-ekspert salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.