Yangiliklar
MARKAZ XODIMI «MEHNAT FAXRIYSI» KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
2026-yil 1-iyul kuni Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi bo‘lim mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Nuraliyev Rustam Turg‘unovichga «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni «Nuroniy» jamg‘armasi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Ko‘krak nishoni Rustam Turg‘unovichning ko‘p yillik samarali mehnati, iqtisodiy tadqiqotlarni rivojlantirish, ilmiy va tahliliy materiallarni tayyorlashdagi hissasi, shuningdek, yosh mutaxassislarni tayyorlash va ularga ustozlik qilish borasidagi ko‘p yillik faoliyati uchun berildi.
«Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni fuqarolarga ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakatning turli sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, avlodlar davomiyligini ta'minlash hamda yoshlarni tarbiyalashdagi xizmatlari uchun beriladi.
Markaz jamoasi Rustam Turg‘unovichni ushbu faxriy ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani bilan samimiy tabriklaydi hamda unga mustahkam sog‘liq, farovonlik va ilmiy hamda kasbiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaydi.







