Yangiliklar
MARKAZNING 2026 YIL BIRINCHI YARIM YILLIGIDAGI ILMIY VA EKSPERT-TAHLILIY FAOLIYATI YAKUNLARI E’LON QILINDI
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi tomonidan e’lon qilingan 2026 yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan faoliyatning asosiy natijalari to‘g‘risidagi hisobot Markaz jamoasining ilmiy, ekspert-tahliliy va ta’lim faoliyati yakunlarini aks ettiradi.
Hisobot davrida Markaz faoliyati mamlakatda xususiylashtirish, davlat aktivlarini boshqarish, korporativ boshqaruv, to‘lovga qobiliyatsizlik, baholash faoliyati sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni, shuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirishni ilmiy-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.
2026 yil birinchi yarim yilligida Markaz mutaxassislari tomonidan 35 ta ilmiy-tahliliy va ekspert hujjatlari tayyorlandi, 60 ta ilmiy ish chop etildi, 16 ta ilmiy va ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etildi, o‘tkazildi hamda ularda Markaz xodimlarining ishtiroki ta’minlandi. Hisobot davrida ilmiy ishlanmalar va ekspert-tahliliy faoliyat natijalarini amaliyotga joriy etilganligini tasdiqlovchi 9 ta ma’lumotnoma olindi, shuningdek, xo‘jalik shartnomasi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi.
Markaz tomonidan tayyorlangan tahliliy materiallar, ilmiy xulosalar, metodikalar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, vazirliklar, idoralar, Oliy Majlis palatalari qo‘mitalari hamda boshqa davlat organlariga taqdim etildi. Ishlanmalarning salmoqli qismi xususiylashtirish, korporativ boshqaruv, davlat aktivlarini boshqarish, baholash faoliyati, moliya bozorlarini rivojlantirish va to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlandi.
Markaz fan va ta’lim integratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirdi. Hisobot davrida Markaz xodimlari respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib bordilar, dissertatsiya kengashlari va davlat attestatsiya komissiyalari faoliyatida ishtirok etdilar, magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qildilar, shuningdek, mutaxassislarning malakasini oshirish tizimida mashg‘ulotlar o‘tkazdilar.
Hozirgi kunda Markazda 22 nafar xodim faoliyat yuritmoqda, ulardan 16 nafari ilmiy xodimlardir. Ularning 10 nafari ilmiy darajaga, 8 nafari esa ilmiy unvonga ega.
2026 yil birinchi yarim yilligi yakunlari Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni ilmiy tadqiqotlar olib borish, ekspert-tahliliy materiallar tayyorlash hamda davlat organlari va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida samarali amalga oshirayotganini ko‘rsatmoqda.
________________________________________
ОПУБЛИКОВАНЫ ИТОГИ НАУЧНОЙ И Э
