Государственный герб республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish

muammolarini tadqiq etish markazi

Фотография здания Госкомконкуренции

Toshkent shahar,

Amir Temur ko'chasi, 6

(+998 71) 259-21-06

research@davaktiv.uz

  • Markaz haqida
  • Maqsad va vazifalari
  • Tashkiliy tuzilma
  • Markaz xodimlari
  • Ilmiy kengash
  • Hisobotlar
  • Ilmiy mahsulotlar
  • Nashr etilgan ishlar
  • Mualliflik guvohnomalari
  • Amaliyotga joriy etish
  • AJlar uchun axborot
  • Foydali havolalar
  • E’lonlar
  • Vakansiyalar
  • Qayta aloqa
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Tenderlar
  • Yangiliklar

    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan seminar haqida

    12.06.2026

    1 / 12
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan seminar haqidaMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan seminar haqidaMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan seminar haqidaMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan seminar haqidaMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan seminar haqidaMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan seminar haqidaMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan seminar haqidaMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan seminar haqidaMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan seminar haqidaMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan seminar haqidaMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan seminar haqidaMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan seminar haqida

    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetida “Iqtisodiy landshaft: bilim, tajriba va mahorat” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarlar turkumi davom etmoqda. Seminarlarda Parlament senatorlari va deputatlari, akademiklar, shuningdek, Hukumatning iqtisodiy blokiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlari ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqdalar.

    2026-yil 10-iyun kuni fakultet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, doktorantlari va talabalari oldida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qo‘mitasi raisi Erkin Fayziyevich Gadoyev “Davlat budjetini shakllantirish va monitoring qilish” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida budjet siyosatiga oid dolzarb masalalar, davlat budjetini shakllantirish mexanizmlari hamda budjet xarajatlari samaradorligini monitoring qilishning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi.

    2026-yil 11-iyun kuni Davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish muammolarini tadqiq etish markazi direktori, iqtisod fanlari doktori, professor Igor Leonidovich Butikov tomonidan “O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanishi va rivojlanishi masalalari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

    Professor I.L. Butikov o‘z ma’ruzasida mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanish bosqichlari, fond bozorining institutsional tuzilmasi, uni tartibga solish xususiyatlari hamda xalqaro kapital bozorlariga integratsiyalashuv jarayonlarini batafsil yoritdi. Shuningdek, O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorining bugungi holati, asosiy muammolari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi rivojlanish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

    Seminar ishtirokchilari qimmatli qog‘ozlar bozorining amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishish, investitsiyalarni jalb etish, korporativ boshqaruvni rivojlantirish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga doir dolzarb masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi va fakultet professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar hamda talabalarida katta qiziqish uyg‘otdi.