Yangiliklar
Ilmiy, uslubiy va ekspert-tahliliy faoliyat natijalarini joriy etish haqida
2026-yil 15-may kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi xodimlarining ilmiy tadqiqotlari, uslubiy ishlanmalari hamda ekspert-tahliliy faoliyati natijalarining amaliyotga joriy etilganligini tasdiqlovchi navbatdagi 03/10-2-20/2282-son Ma’lumotnoma berildi.
Mazkur hujjatda Tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan “2030-yilgacha O‘zbekistonda davlat aktivlarini boshqarishning konseptual yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi doklad amaliy ahamiyatga ega ekani hamda unitar korxonalarni xo‘jalik jamiyatlariga aylantirish va keyinchalik ularni xususiylashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini ishlab chiqishda foydalanilgani tasdiqlangan.
Doklad davlat aktivlarini boshqarish tizimining joriy holati tahlilini, shuningdek 2030-yilgacha uning konseptual rivojlanishi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni, jumladan davlat aktivlarini hisobga olish, ularni ishonchli boshqaruvga va ijaraga berish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Mazkur dokladta keltirilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini yanada rivojlantirishga, davlat aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirishga, shuningdek, milliy iqtisodiyotda xususiy sektorning o‘rni va ulushini kengaytirishga xizmat qiladi.
