Yangiliklar
Ilmiy, uslubiy va ekspert-tahliliy faoliyat natijalarini joriy etish haqida
2026-yil 26-may kuni Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish Markazi xodimlarining ilmiy, uslubiy hamda ekspert-tahliliy faoliyati natijalarining amaliyotga joriy etilgani toʻgʻrisidagi navbatdagi maʼlumotnoma olindi.
Mazkur maʼlumotnomada Tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatining keng doiradagi yoʻnalishlarini qamrab olgani hamda quyidagi sohalarga oid qonunlar va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining normalarini shakllantirishda foydalanilgani tasdiqlangan:
* xoʻjalik jamiyatlarini davlat tomonidan tartibga solish; * xoʻjalik jamiyatlarini xususiylashtirishda tarmoq yondashuvi; * davlat ulushlarini boshqarish samaradorligini baholash; * korporativ boshqaruvni takomillashtirish; * shuʼba korxonalar faoliyatini tartibga solish.
Tadqiqot markazi ishlanmalari amaliyotga joriy etilishi davlat aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirishga hamda xususiylashtirilayotgan obyektlarning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashga xizmat qiladi.


