Государственный герб республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish

muammolarini tadqiq etish markazi

Фотография здания Госкомконкуренции

Toshkent shahar,

Amir Temur ko'chasi, 6

(+998 71) 259-21-06

research@davaktiv.uz


  • Markaz haqida
  • Maqsad va vazifalari
  • Tashkiliy tuzilma
  • Markaz xodimlari
  • Ilmiy kengash
  • Hisobotlar
  • Ilmiy mahsulotlar
  • Nashr etilgan ishlar
  • Mualliflik guvohnomalari
  • Amaliyotga joriy etish
  • AJlar uchun axborot
  • Foydali havolalar
  • E’lonlar
  • Vakansiyalar
  • Qayta aloqa
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Tenderlar
  • Yangiliklar

    “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida o‘tkazilgan davra suhbati haqida”

    26.05.2026

    2026-yil 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida mas’ul vazirlik va idoralar ishtirokida to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llarini muhokama qilishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Malikaxon Pirnazarovna Kalandarova olib bordi. Muhokamada O‘zbekiston sud boshqaruvchilari raisi Ikramov Ergashvoy Jumabayevich, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini yuritish boshqarmasi boshlig‘i Mamatov Odiljon Abdug‘aparovich, Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi direktori, iqtisod fanlari doktori, professor Butikov Igor Leonidovich, shuningdek Markaz xodimi Ikromov Hojiakbar Akrom o‘g‘li ishtirok etdilar. Tadbir davomida Tadqiqot markazi direktori, i.f.d., professor Butikov I.L. ma’ruza bilan ishtirok etib, unda to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida ilmiy yondashuv va tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirish muhimligini, shuningdek zamonaviy ilmiy va tahliliy ishlanmalar asosida huquqni qo‘llash amaliyoti mexanizmlarini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.