Yangiliklar
2026 йил январь-май ойлари давомида Ўзбекистон Республикаси Давлат активларини бошқариш агентлиги ҳузуридаги Хусусийлаштириш ва давлат активларини бошқариш муаммоларини тадқиқ этиш маркази ходимлари илмий, услубий ва эксперт-таҳлилий фаолият натижаларининг амалиётга жорий этилганлигини тасдиқловчи 7 та маълумотнома олдилар.
Joriy etilgan natijalar to‘lovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish, sud boshqaruvi, rieltorlik faoliyati va baholash faoliyati sohalarida normativ hamda metodik hujjatlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar va ishlanmalar amaliyotga joriy etilganligi tasdiqlandi:
O‘zbekiston Respublikasida to‘lovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuniga sharhlar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasining to‘lovga qobiliyatsizlik indeksini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
sud boshqaruvchilarining kasbiy etika qoidalari loyihasini ishlab chiqish;
“Ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish” Milliy rieltorlik xizmatlari standartini ishlab chiqish;
transport vositalari qiymatini baholash Milliy standartini ishlab chiqish;
madaniy boyliklar qiymatini baholash Milliy standartini ishlab chiqish.
Olingan ma’lumotnomalar Markaz tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini, shuningdek, ularning davlat aktivlarini boshqarish, baholash, rieltorlik faoliyati va to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari sohalarida normativ, metodik va tashkiliy yechimlarni tayyorlashdagi dolzarbligi hamda talabga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Mazkur natijalar Markaz tomonidan islohotlarni ilmiy-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda tadqiqot natijalarini ixtisoslashgan tashkilotlar va davlat organlarining amaliy faoliyatiga joriy etish borasida izchil ishlar olib borilayotganidan dalolat beradi.






