Государственный герб республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish

muammolarini tadqiq etish markazi

Фотография здания Госкомконкуренции

Toshkent shahar,

Amir Temur ko'chasi, 6

(+998 71) 259-21-06

research@davaktiv.uz

  • Markaz haqida
  • Maqsad va vazifalari
  • Tashkiliy tuzilma
  • Markaz xodimlari
  • Ilmiy kengash
  • Hisobotlar
  • Ilmiy mahsulotlar
  • Nashr etilgan ishlar
  • Mualliflik guvohnomalari
  • Amaliyotga joriy etish
  • AJlar uchun axborot
  • Foydali havolalar
  • E’lonlar
  • Vakansiyalar
  • Qayta aloqa
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Tenderlar
  • Yangiliklar

    “O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklar qiymatini baholash standartini joriy etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkil etildi

    17.05.2026

    1 / 10
    “O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklar qiymatini baholash standartini joriy etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkil etildi“O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklar qiymatini baholash standartini joriy etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkil etildi“O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklar qiymatini baholash standartini joriy etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkil etildi“O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklar qiymatini baholash standartini joriy etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkil etildi“O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklar qiymatini baholash standartini joriy etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkil etildi“O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklar qiymatini baholash standartini joriy etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkil etildi“O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklar qiymatini baholash standartini joriy etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkil etildi“O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklar qiymatini baholash standartini joriy etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkil etildi“O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklar qiymatini baholash standartini joriy etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkil etildi“O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklar qiymatini baholash standartini joriy etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkil etildi

    2026-yil 12-may kuni Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklar qiymatini baholash standartini joriy etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya tashkil etdi.

    Tadbir madaniy boyliklar qiymatini baholash standartini joriy etish, uning art-bozorni rivojlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash, professional ekspertlar hamjamiyatini shakllantirish, shuningdek badiiy, tarixiy va madaniy qiymatga ega obyektlarni baholash bo‘yicha ilmiy-metodik yondashuvlarni takomillashtirishdagi ahamiyatini muhokama qilishga bag‘ishlandi.

    Konferensiyani kirish so‘zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Butikov Igor Leonidovich ochib berdi.

    Konferensiya davomida asosiy ma’ruza bilan O‘zbekistondagi ilk san’at buyumlari auksion uyi — “ART VERNISSAGE” direktori, madaniy boyliklar qiymatini baholash standartining tashabbuskori va hammualliflaridan biri Sultonov Shavkat Fazilovich ishtirok etdi. U o‘z ma’ruzasida mazkur standartni qabul qilish art-bozorni shakllantirish, san’at buyumlari bilan bog‘liq bitimlarning shaffofligini oshirish, madaniy boyliklarni professional baholashni rivojlantirish hamda O‘zbekistonning madaniy merosini asrab-avaylashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

    Shuningdek, konferensiyada falsafa fanlari nomzodi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Rassomlar ijodiy uyushmasi san’atshunoslar seksiyasi raisi Ahmedova Ilmira Rahimovna ma’ruza bilan ishtirok etdi. U o‘z chiqishida madaniy boyliklar qiymatini baholash standartining O‘zbekiston Respublikasida san’atshunoslarning professional sinfini shakllantirishdagi rolini ochib berdi. Shuningdek, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, san’atshunoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shahlo Abdullaeva ham ma’ruza qildi.

    Ekspert muhokamasi doirasida quyidagilar ishtirok etdi:

    Hakimov Akbar Abdullayevich — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor, san’atshunoslik fanlari doktori, Tokiodagi Soka universitetining faxriy doktori, madaniy boyliklarni baholash metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha guruh hammuallifi va rahbari;

    Abdullayev Masharib Saydamatovich — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, san’atshunoslik fanlari doktori;

    Rahimov Komiljon Rahmatovich — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor, sharqshunos, manbashunos;

    Paxomenko Oksana Vyacheslavna — iqtisodiyot fanlari nomzodi, O‘zbekiston baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari, ekspert, oliy toifali baholovchi.

    Konferensiya ishtirokchilari tomonidan standartni amaliyotda qo‘llash masalalari, madaniy boyliklar qiymatini aniqlashning metodik yondashuvlari, malakali mutaxassislarni tayyorlash zarurati, shuningdek baholovchilar, san’atshunoslar, tarixchilar, manbashunoslar va art-bozor vakillari o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati muhokama qilindi.

    Madaniy boyliklar qiymatini baholash standartini joriy etish art-bozorga bo‘lgan ishonchni oshirish, san’at buyumlari bilan bog‘liq bitimlarning shaffofligini ta’minlash, mulkdorlar va xaridorlar manfaatlarini himoya qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining madaniy merosini asrab-avaylashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkinligiga alohida e’tibor qaratildi.

    Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan metodik yondashuvlarni yanada takomillashtirish, ekspertlik amaliyotini rivojlantirish, ilmiy, professional va madaniy tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek madaniy boyliklarni baholash sohasida professional mutaxassislar hamjamiyatini shakllantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.

    Tadbir yakunida madaniy boyliklar qiymatini baholash standartini qabul qilish va joriy etish milliy art-bozorni rivojlantirish, ekspert baholash sifatini oshirish hamda O‘zbekistonning boy madaniy merosini asrab-avaylashga qaratilgan dolzarb va o‘z vaqtida amalga oshirilayotgan muhim qadam ekani ta’kidlandi.