Yangiliklar
Tadqiqot markazi bo‘lim mudiri Ravshan Kayumov sudyalar uchun to‘lovga qobiliyatsizlik masalalari bo‘yicha ma’ruza qildi
2026-yil 30-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Oliy sudyalar maktabi tomonidan tashkil etilgan toʻlovga qobiliyatsizlik masalalariga bagʻishlangan malaka oshirish seminarida Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi boʻlim boshligʻi, iqtisodiyot fanlari doktori, Ravshan Ismoilovich Qayumov «Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni sudda koʻrishda toʻlovga qobiliyatsizlik boshqaruvchisining ishtiroki» mavzusida maʼruza qildi.
Maʼruzada toʻlovga qobiliyatsizlik boshqaruvchisining huquqiy maqomi va vakolatlari, uning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni sudda koʻrish jarayonidagi ishtirokining oʻziga xos jihatlari, sud hamda mazkur ish ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorligi, shuningdek, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni amaliyotda qoʻllash masalalari yoritildi.
Mazkur maʼruza sudyalarning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish sohasidagi kasbiy bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi hamda Markazning sudyalar malakasini oshirish va toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida sud amaliyotini takomillashtirishga qoʻshayotgan ekspertlik hissasini yana bir bor namoyon etdi.
